Qo‘ng‘iroqTelegram orqali buyurtma
Telegramda yozish
Bosh sahifa/Retseptlar/Tovuq palov
Tovuq palov

Tovuq palov

O‘zbek dasturxonining qiroli — tovuq go‘shti bilan yengilroq va tezroq tayyorlanadigan palov.

90 daqiqa6 kishilik

Masalliqlar

  • Baq-baq tovuq soni yoki okorochka — 1 kg
  • Guruch (devzira) — 600 g
  • Sabzi — 800 g
  • Piyoz — 2 dona
  • O‘simlik yog‘i — 150 ml
  • Sarimsoq — 1–⁠2 bosh
  • Zira — 1 choy qoshiq
  • Tuz — ta’bga ko‘ra
  • Qora murch, zirk — ta’bga ko‘ra

Tayyorlash

  1. Tovuqni muzlatgichning pastki javonida muzdan tushiring va katta bo‘laklarga bo‘ling. Guruchni bir necha marta yuvib, iliq suvda 30 daqiqa ivitib qo‘ying.
  2. Sabzini somoncha, piyozni yarim halqa qilib to‘g‘rang.
  3. Qozonda yog‘ni qizdirib, tovuq bo‘laklarini tilla rang bo‘lguncha qovuring.
  4. Piyozni qo‘shib yumshaguncha, so‘ng sabzini solib yana 10 daqiqa qovuring.
  5. Zira, tuz va murch qo‘shing, sabzavotlarni 2 sm yopadigan qilib qaynoq suv quying va o‘rtacha olovda 20 daqiqa qaynating (zirvak).
  6. Guruchni tekis yoyib soling, ustidan 1,5–⁠2 sm qaynoq suv quying va suv singib ketguncha baland olovda pishiring.
  7. Guruchni tepalik qilib yig‘ing, o‘rtasiga butun sarimsoqni botiring, qopqog‘ini yopib past olovda 20–⁠25 daqiqa dimlang.
  8. Palovni aralashtirib, go‘shtni ustiga qo‘yib torting.

Retseptdagi mahsulotlarimiz

Barcha mahsulotlar →

Boshqa retseptlar

Barcha retseptlar →
Tovuq sho‘rvaKartoshka va sabzavotli to‘yimli uy sho‘rvasi — sovuq kunlar uchun eng yaxshi taom.90 daqiqa6 kishilik
Ko‘mirda tovuq shashlikBaq-baq shashligi tayyor ziravorlangan holda keladi — faqat sixlarga terib pishirish qoladi.30 daqiqa4 kishilik
Tovuq dimlamaTovuq va sabzavotlar suv qo‘shilmasdan, qatlam-qatlam o‘z sharbatida dimlanadigan an’anaviy taom.100 daqiqa6 kishilik