Qo‘ng‘iroqTelegram orqali buyurtma
Telegramda yozish
Bosh sahifa/Retseptlar/Duxovkada limonli butun tovuq
Duxovkada limonli butun tovuq

Duxovkada limonli butun tovuq

Qarsildoq qobiqli, ichi shirali butun tovuq — bayram dasturxoni uchun oddiy va ishonchli retsept.

100 daqiqa4 kishilik

Masalliqlar

  • Baq-baq butun broyler yoki mesniy tovuq — 1,5–⁠2 kg
  • Limon — 1 dona
  • Sarimsoq — 1 bosh
  • Sariyog‘ — 50 g
  • O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • Paprika — 1 choy qoshiq
  • Tuz, qora murch — ta’bga ko‘ra
  • Rozmarin — 2–⁠3 shoxcha

Tayyorlash

  1. Tovuqni muzlatgichning pastki javonida bir kecha-kunduz davomida muzdan tushiring va qog‘oz sochiq bilan yaxshilab quriting.
  2. Yumshoq sariyog‘ni 3 tishcha ezilgan sarimsoq, tuz va murch bilan aralashtirib, teri ostiga surting.
  3. Tovuqning ustini yog‘, paprika va tuz bilan ishqalang. Ichiga bo‘laklangan limon, qolgan sarimsoq va rozmarinni soling.
  4. Duxovkani 200°C gacha qizdiring. Tovuqni ko‘kragini yuqoriga qaratib qolipga qo‘ying.
  5. 1 soatdan 1 soat 20 daqiqagacha pishiring, har 20 daqiqada ajralgan sharbat bilan sug‘orib turing. Son qismi teshilganda tiniq sharbat chiqishi kerak.
  6. Tovuqni 10 daqiqa dam oldirib, keyin bo‘laklab torting.

Retseptdagi mahsulotlarimiz

Barcha mahsulotlar →

Boshqa retseptlar

Barcha retseptlar →
Tovuq palovO‘zbek dasturxonining qiroli — tovuq go‘shti bilan yengilroq va tezroq tayyorlanadigan palov.90 daqiqa6 kishilik
Tovuq sho‘rvaKartoshka va sabzavotli to‘yimli uy sho‘rvasi — sovuq kunlar uchun eng yaxshi taom.90 daqiqa6 kishilik
Ko‘mirda tovuq shashlikBaq-baq shashligi tayyor ziravorlangan holda keladi — faqat sixlarga terib pishirish qoladi.30 daqiqa4 kishilik